1.  Ulug‘ hurmatga sazovor, g‘oyat hurmatli, mo‘tabar va aziz.
                
                                        Qishloqning tabarruk onaxonlari uyda beshikka gavrapo‘sh yopishayotgan ekan.
                        E. Usmonov, Yolqin
                        
            
            
                2.  Yaqin, mo‘tabar kimsa yoki narsani eslatadigan, undan esdalik, yodgorlik bo‘lib qolgan.
                
                                        [Navoiy:] Endi, siz bu tabarruk qilich bilan davlatimizni, saltanatimizni, mamlakatimizni va uning san’atini himoya qiling! Uyg‘un va I.
                        Sulton, Alisher Navoiy
                        
            
            
                3.  Ilohiy kuchga ega bo‘lgan; muqaddas; aziz-avliyolarning nazari tushgan.
                
                                        Makkatulloda, tabarruk yerda erimga qur’on o‘qitarman, gunohlarini xudodan yig‘lab tilarman, degan niyat qanot bo‘ldi, — dedi Hoji xola.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha