1.  Kayfi buzuq, jahdi (asabi) qo‘zigan holatli.
                
                                        Yuzlari lo‘ppigina, ser-g‘ayrat, tajang xotinga qarab turib, Nusratbek onasini esladi.
                        S. Nurov, Narvon
                        
            
            
                2.  Bekorga jahli chiqaveradigan, jig‘ibiyron bo‘laveradigan; jahli, achchig‘i tez.
                
                                        Aka-uka usta qo‘lida uch yil ishlashdi — tezroq va tajang Abutolib uch yil deganda usta Najmiddin Buxoriyning roziligini olmay, o‘z hovlisida xumdon qurib, koshin-u idish yasay boshladi.
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
            
            
                3.  Shunday belgi-xususiyatga ega bo‘lgan shaxs ismiga qo‘shib aytiladigan (ishlatiladigan) so‘z, laqab.
                
                                        Nurilla Narvoniy bir ichak uzdi qilish uchun eshigiga Hasratxon deb yozilgan nimqorong‘i xonaga Eshpo‘lat tajangni olib kiribdi.
                        Mushtum