1.  Biror tomonning tarafini oluvchi; tarafdor.
                
                                        Bedana egalari va ularga pul tikkan tarafkashlarning ko‘zlari ola-kula, yuraklari taka-puka bo‘lib, nafaslari ichiga tushib ketdi.
                        M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
                        
            
            
                2.  Qarshi chiquvchi, kurashuvchi, bellashuvchi; talabgor.
                
                                        — Burgutning yigitlari hali kurashda yelkasi yer ko‘rmagan polvonlar. Hozir bu polvonlarga Farg‘ona tomonda tarafkash yo‘q, — dedi yigit.
                        S. Ahmad, Cho‘l burguti
                        
            
            
                3.  Taraf-bataraf bo‘lib kurashuvchi; guruhboz.
                
                                        Mening qishlog‘imda tarafkashlar ko‘p. Bir-birini kovlaydi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi