1.  Taroq yoki boshqa biror narsa bilan soch, soqol va shu kabilarning chigilini yozmoq, tekislamoq.
                
                                        Shundan keyin sochlarini bir tomonga silliq taragan tilla tishli yigit qo‘l ko‘tardi.
                        N. Aminov, Suvarak
                        
                        Otam o‘ylanib qoldi. Soqolini barmoqlari bilan taradi.
                        Oydin, Sadag‘ang bo‘lay, komandir
                        
                        Qorong‘ida sokin turgan otning bo‘ynidan quchoqladi, barmoqlari bilan yolini taradi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2. q. x. x. Ariq-jo‘yaklarga suvni bir me’yor-da taqsimlab oqizmoq, taratmoq.
                
                                        Jo‘yak olingan joylarda tajribakor suvchilar chanqagan g‘o‘zalarga suv tarardilar.
                        Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
                        
                        Shermat ota ikki gektarlik kartaga suv tarab bo‘ldi-da, egatlarni ko‘zdan kechirib, o‘qariq bo‘yiga chiqdi.
                        H. Nu’mon, Fasllar
                        
            
            
                3. ko‘chma poet. et. Yoymoq, sochmoq.
                
                                        Qorli tog‘lar orqasidan Atlas sochin tarab quyosh, Goh mo‘ralab, o‘ynatar qosh, Xanda sochar dudog‘idan.
                        G‘ayratiy