1.  Narsalarni bir yerdan ikkinchi yerga ko‘tarib yoki transport vositalariga ortib ko‘chirmoq, eltmoq.
                Chelakda suv tashimoq. Mashinada g‘isht tashimoq.
                    ▬
                                        — Non yemoqchi bo‘lsang, o‘tin tashishdan erin-ma!
                        Maqol
                        
                        To‘ybeka ichkari bilan tashqariga yugurib, dasturxon yangilar, choy tashir edi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Tevarak atrofda ketmon urayotgan, zambillab, qop-lab tuproq tashiyotgan qanchadan-qancha odamlar ham, xuddi Ro‘zimatday, jadallab shilar edi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
            
            
                2.  O‘zlashtirish, o‘ziniki qilish maqsadida olib ketmoq.
                Nim qursa, uyiga tashiydi. Tashib ketmoq.
                    ▬
                                        Tomlari buzilib, yog‘ochlari ham tashib ketilgan.
                        Sh. Xolmirzayev, Yo‘llar, yo‘ldoshlar
                        
            
            
                3. ko‘chma hma O‘zi bilan olib, saqlab yurmoq.
                
                                        Vatanga sevgini o‘lguncha yuragida tashidimi, bu sevgini ko‘ksida saqlab uxlasin!
                        Oybek, Quyosh qoraymas
                        
                        maqollar katta bir mazmunni tashib, yozuvchi niyatini aniq, qisqa va ta’sirli usulda ifodalashni ta’min etadi.
                        O‘TA