Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tashla} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tash-la-moq
Izoh(lar)i:
tashla fl

1. 1. Narsani qo‘ldan, yelkadan yoki boshqa joydan uzib, quyi tomon (irg‘itib, otib va hokazo) tushirmoq, yo‘naltirmoq. Olma uzib, yerga tashlamoq. G‘ulomjon supurgini tashlab, qo‘llarini qoqdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Keyin nosini tashlashga joy izlab alangladi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Narsani biron boshqa narsa, joy ustiga, ostiga yoki ichiga yo‘naltirmoq, olmoq, solmoq, qo‘ymoq. Qizlar ichkaridan Hakimaning boshiga oq shol ro‘mol tashlab, yetaklab chiqdilar. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Adyolni maysalar ustiga tashlab o‘tirishdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Munisxon suyanchiqqa boshini tashlab, derazaga tikilib borardi. O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri
choponini yelkasiga tashladi-da, yo‘lga tushdi. N. Fozilov, Diydor

3. 3. Kuch, zarb bilan intilmoq, o‘zini otmoq. Zuhra Saodatxonga o‘zini tashlab, mahkam quchoqlab oldi. S. Zunnunova, Yangi direktor
Cho‘milmoq-chun birday bo‘lib, endi hovuzga tashladi. Murodxon

4. 4. Biror ish, vazifa va shu kabilarga yo‘naltirmoq, yo‘llamoq; safarbar qilmoq. Hammani yig‘im-terimga tashlamoq. Dushman bor kuchini jon holatda qarshi hujumga tashladi. Gazetadan
Dushman barcha mavjud tanklarini va o‘ziyurar to‘plarini hujumga tashladi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi

5. 5. E’tiborsiz, aloqani uzib va boshqalar holda qoldirmoq. Do‘st so‘zini tashlama, Tashlab, boshingni qashlama. Maqol
Uning talabalaridan bir qanchasi maktabni tashlab, bu yerga qochib keldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
G‘avvos Muhammadning ustodni tashlab ketib qolgani armon bo‘lib turganida, eshikdan uchinchi shogirdi — Zulfiqor Shoshiy kirib keldi. Mirmuhsin, Me’mor

6. 6. Barham bermoq, yo‘q qilmoq; yig‘ishtirmoq (ba’zi odat, xatti-harakat kabilar haqida). [Dadam] Aroqni tashlagan bo‘lsalar-a! Rosa maza bo‘lardi-da. E. Raimov, Ajab qishloq
O‘qituvchi yoki tibbiyot xodimi bo‘lmoqchimisan — chekishni tashla, odamlarga ikki qiyofada ko‘rinma. Gazetadan
Xo‘sh, ginani tashlagan bo‘lsangiz nega boya ularning oldida og‘zingizga kelganini o‘tladingiz? A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

7. 7. Pasaymoq, tushmoq. Sovuq bir oz tashladi. Narxlar ancha tashladi.

8. s. t. t. Raqsga tushmoq; o‘ynamoq. Tanovarga rosa tashladi.

9. ko‘m. fl. vzf. zf.-(i)b qo‘shimchali ravish-dosh shakliga qo‘shilib, harakatning keskin, kuchli tarzda yuz berishini bildiradi. Buzib tashladi. Jerkib tashladi. G‘ijimlab tashlamoq. Ag‘darib tashladi. Shu yerning o‘zida podshoh kishilari uni tutib olib, tilka-pora qilib tashlagan edi. Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qo‘ymoq , yig‘ishtirmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. band tashlamoq: -

2. chek tashlamoq: -

3. childirma oyoq tashlamoq: -

4. childirmasiga oyoq tashlamoq: -

5. do‘ppini osmonga tashlamoq: -

6. do‘ppisini osmonga tashlamoq: -

7. engak tashlamoq: -

8. gap tashlamoq: -

9. hisobdan chiqarib tashlamoq: -

10. ilon po‘st tashlamoq: -

11. ko‘lanka tashlamoq: soya tashlamoq

12. ko‘ngliga otash tashlamoq: -

13. ko‘z qirini tashlamoq: -

14. ko‘z tashlamoq: -

15. ko‘zga cho‘p tashlamoq: -

16. ko‘ziga cho‘p tashlamoq: -

17. ko‘zining qirini tashlamoq: -

18. ko‘zning qirini tashlamoq: -

19. luqma tashlamoq: -

20. nazar tashlamoq: -

21. nigoh tashlamoq: -

22. o‘rta tashlamoq: -

23. o‘rtaga tashlamoq: -

24. o‘rtaga tashlamoq: -

25. o‘rtasiga tashlamoq: -

26. o‘rtasiga tashlamoq: -

27. o‘tga tashlamoq: -

28. odim tashlamoq: -

29. oraga qora ip tashlamoq: -

30. oralarga qora ip tashlamoq: -

31. orqaga tashlamoq: -

32. oyog‘iga tashlamoq : -

33. oyoqqa tashlamoq : -

34. qadam tashlamoq: -

35. qalbdan sidirib tashlamoq: -

36. qalbidan sidirib tashlamoq: -

37. shox tashlamoq: shox.

38. so‘z tashlamoq: -

39. tiriklay o‘tga tashlamoq: -

40. tob tashlamoq : -

41. tomdan tashlamoq: -

42. urug‘ tashlamoq: Sepmoq, ekmoq

43. yuragidan sidirib tashlamoq: uzil-kesil unutdi

44. yurakdan sidirib tashlamoq: -

1. Nazar tashlamoq – termulmoq – tikilmoq – qaramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.