1.  Rasmiy qabul va boshqa tantanali marosimlarda shoh, xon va amir o‘tirishi uchun saroy to‘riga o‘rnatilgan, maxsus bezatib ishlangan joy, hashamatli o‘rindiq.
                
                                        Xon taxtda edi. Ung taraf kursida Abdurahmon oftoba-chi va so‘lda shoir mulla Niyoz domla qo‘l bog‘lab o‘tirar edilar.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
                        Shayboniyxon u bilan taxt ustidan tushmasdan so‘rashdi.
                        P. Qodirov, Yulduzli tunlar
                        
                        Abusaid to‘ppa-to‘g‘ri Arkka ko‘tarilib, katta hovlidagi qadimiy taxtga o‘tirdi.
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
            
            
                2.  Podshoh, xon, amir lavozimi; podshoh-lik, xonlik, amirlik.
                
                                        Agar kushoyishi koringizni berib, taxt Jahongir mirzoga o‘tsa, siz uning eng ishongan rahnamosi bo‘lursiz.
                        P. Qodirov, Yulduzli tunlar
                        
                        Zulm, taxtga qarshi isyon Sharq ko‘ksida to‘lib toshdi.
                        G‘ayratiy
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Mansab, lavozim (o‘rni).
                
                                        Taxtda yolg‘iz bo‘lishni, barcha og‘ziga tikilib o‘tirishini istardi Qayumxon.
                        F. Musajonov, Himmat
                        
            
            
                4.  Foydalanish yoki ishlatish uchun tayyor, shay; muhayyo.
                
                                        Hamma narsa ishni boshlash uchun taxt.
                        S. Karomatov, So‘nggi barxan
                        
                        Miltiqlar taxt, otlar tayyor, lekin kimningdir qush olib kelishini kutishar edi.
                        A. Qahhor, Xotinlar