1. Daraxt shoxining urish, haydash va shu kabilar uchun ishlatiladigan bo‘lagi, undan maxsus ishlangan qismi; kaltak. Kal o‘likni darvozaga olib chiqib, belini bog‘lab, qo‘liga tayoq berib ketibdi. Ertaklar
2. Shunday yog‘och (tayoq)dan teggan zarb. Kimlarning orqasida tayoq izlari, Hali ham to‘lqinlanar qon dengizlari. G‘ayratiy
3. Hassa vazifasidagi yog‘och; hassa. Oyoq charchasa, tayoq yaraydi. Maqol
1. alifni tayoq demoq: -
2. alifni tayoq demoq: -
3. alifni tayoq deyolmaslik: -
4. aytmagan joyga yo‘nmagan tayoq: -
5. tayoqni alif deguncha: -
6. tayoqni alif deydigan: g‘irt savodsiz, hech narsa bilmaydigan