1.  Aqldan ozgan, devona, jinni.
                
                                        U betlari yumdalangan, oppoq sochlari yulingan bu telba xotinni o‘zining qirq yillik umr yo‘ldoshiga o‘xshata olmadi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        Osiyajon qah-qah urib kulib yubordi, hamma, qiz telba bo‘lgan, deb unga qaradi.
                        J. Sharipov, Xorazm
                        
            
            
                2.  Biror narsaga, kimsaga ortiq darajada berilgan; savdoyi, shaydoyi.
                
                                        Faqir ham shu fikrning telba bandasidir.
                        Oybek, Navoiy
                        
            
            
                3.  Telbaga xos, telbalikni aks ettiruv-chi; ma’nosiz.
                
                                        Telba ko‘zlari bilan Bektemirga boqdi-da, ukasining qonli miltig‘ini changalladi va shamolday uchib, Bektemirdan ham o‘zib ketdi.
                        Oybek, Quyosh qoraymas
                        
                        Siz mening telba so‘zlarimdan achchig‘lanmang.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                4. ko‘chma poet. et. Jilovlanmagan, asov, quturgan.
                Telba daryo. Telba to‘lqinlar.
                    ▬
                                        Jo‘sh urib, qirg‘og‘ini Ho‘plar edi telba soy.
                        G‘ayratiy
                        
                        Telba shamol quturib hamla qildi. Avaylab o‘stirilayotgan nihollarni ildizi bilan qo‘porib ketdi.
                        A. Nabixo‘jayev, Mandat
                        
                        Xorazmda Amuni ko‘pdan Telba daryo deb atashadi.
                        E. Rahim