1.  Yosh jihatdan teng yoki uncha farq qilmaydigan kishilar; birga o‘sib katta bo‘lgan o‘rtoqlar; tengdosh, teng-tush.
                
                                        Tengqurlarim — besh yil bir auditoriyada o‘qigan qadrdonlarim — to‘da-to‘da bo‘lib, safarga otlanishardi.
                        H. Nazir, Muhabbat
                        
                        Shu orada Alpomish qirqta tengqur jo‘rasi bilan Boysarini izlab, Qalmiq yurtiga borib, qalmoq shohga bandi bo‘lib qoldi.
                        Alpomish
                        
            
            
                2. folk. lk. Munosib, muvofiq, mos.
                
                                        Menga tengqur bo‘lolmaysan, Ko‘ngliginang qurib ketsin.
                        Po‘lkan