1. Parmalab, o‘yib, suqib, kuydirib yoki boshqa biror yo‘l bilan teshik hosil qilmoq. Tunukani mix bilan teshmoq. Taxtani cho‘g‘ bilan teshmoq. Yog‘ochni parma bilan teshmoq. O‘q zirhni teshib o‘tolmabdi. Suv to‘g‘onni teshib o‘tibdi. Tomchi toshni teshar. Maqol Bu miltiqlar otilmaydi — o‘qdoni teshib qo‘yilgan. A. Qahhor, Oltin yulduz Mahallaning ba’zi bir o‘spirinlari pichoq bilan qopni yo yashikni teshar, cho‘ntaklariga qo‘rqa-pisa meva solardilar. Oybek, Tanlangan asarlar
1. bag‘rini teshmoq: -
2. darvozaning turmini teshmoq: -
3. darvozasining turmini teshmoq: -