1.  Odatdagi, o‘ng, to‘g‘ri deb qabul qilingan holatga, yo‘nalish, tuzilish, tartib va shu kabilarga qarama-qarshi bo‘lgan; ters.
                Teskari ish. Bo‘luvga teskari amal — ko‘paytiruv. Kepkani teskari kiymoq. Kitobni teskari ushlamoq. Stulga teskari o‘tirmoq. So‘zni teskari o‘qimoq. Suv teskari oqmaydi.
                    ▬
                                        Qo‘limga tushganida, yuziga kuya surib, eshakka teskari mindirar edim-u, bozorning o‘rtasi bilan haydab, to‘ppa-to‘g‘ri qozining huzuriga olib borar edim.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
                        Bo‘ta, quruq choyni nonsiz issiq-issiq ho‘plab, choynakning qopqog‘ini teskari yopib, ichiga ikkita o‘n tiyinlikni tashlab, o‘rnidan turdi.
                        S. Ahmad, Hukm
                        
            
            
                2.  Qarama-qarshi tomon, o‘ng bo‘lgan tomonga qarshi, ters.
                
                                        Uzoq o‘ylab turmay, bu kungi Tiktepaning guzarga teskari to-monidan o‘zi uchun bir boshpanoh ochish qaroriga keladi.
                        A. Qodiriy, Obid ketmon
                        
                        Men qayoqqa boshlasam, mehmon yurmaydi, teskari tomonga yo‘l oladi.
                        Guldasta
                        
            
            
                3.  Qarama-qarshi, xilof, zid.
                
                                        Agar bironta ish uning \Xushro‘yning\ tilagiga teskari ketsa, shovqin-suronni xuddi boshiga kiyib olar edi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Kishi ko‘rinishda va muomalada bir xil, haqiqatda, ichki jihatdan tamom teskari bo‘lib qolishi mumkin.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                4.  Aql-odob. ish-faoliyat va shu kabilarda o‘zaro zid, bir-birining aksi bo‘lgan, bir-biri bilan kelishmaydigan holatli.
                
                                        Shayxulislomning Ulug‘bek mirzoga ochiqdan-ochiq teskari bo‘lib olganini ko‘rgan Tarxon yoqasini ushladi.
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
            
            
                5.  Biror narsaning orqa tomoni, orqasi, astari.
                Gazlamaning teskarisi. Ko‘rpaning teskarisi.
                    ▬
                                        Bitta kulchani kaftiga teskari qo‘yib turib, mushti bilan o‘rtasiga urdi
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
            
            
                6. ko‘chma hma Bir-biri bilan gaplashmaydigan, arazlashgan.
                Ular bir-birlari bilan teskari bo‘lib qoldilar.
                    ▬
                                        Olti oydan beri yuz ko‘rishmagan qaynata-kuyov birga ishlashyapti-ya? Bir hisobdan yaxshi bo‘pti. Tokaygacha teskari bo‘lib yurishadi.
                        R. Rahmon, Mehr ko‘zda