1.  O‘rta maxsus o‘quv yurti: sanoat, qurilish, transport va aloqa, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va san’at, sog‘liqni saqlash va boshqalar sohalar uchun kadrlar tayyorlab beruvchi o‘quv muassasalarining umumiy nomi.
                Qurilish texnikumi. Texnikumda o‘qimoq.
                    ▬
                                        Hozirning o‘zida shahrimizda industrial texnikum, Toshkent davlat politexnika institutning filiali ishlab turibdi.
                        S. Anorboyev, O‘zbekiston oltini
                        
                        Texnikum jamoasi yangi o‘quv yiliga katta tayyorgarchilik bilan keldi.
                        Gazetadan