1.  To‘da, to‘p holidagi narsani u yoq-bu yoqqa sochmoq, ag‘darmoq, to‘zitmoq.
                
                                        Bundan ko‘ra go‘ng titganing yaxshi emasmi, keksa tovuq!
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        taxta ko‘mirlarini, chinni parchalarini etik uchi bilan titdi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
                        U jangchilarning texnika va taktika haqidagi mulohazalariga ahamiyat bermagandek, cho‘g‘ni titib o‘tirdi.
                        Oybek, Quyosh qoraymas
                        
            
            
                2.  Kovlashtirib, ag‘dar-to‘ntar qilib qaramoq, titkilamoq.
                Sandiqni titmoq. Uyni titmoq.
                    ▬
                                        Qizil krest alomatli brezent sumkani titib, dori oldi-da, Murzinga tutdi.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
                        Qog‘ozlarini qancha titsam ham, la’nati daftar sira-sira topilmadi.
                        Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
                        
                        Kechqurun o‘zida bor jurnallarni titib, Ulfatning she’rlarini topdi.
                        A. Qahhor, Sarob
                        
            
            
                3.  Yulib, savab, qoqib yoki boshqa yo‘llar bilan yumshatmoq va chang, xas-xashakdan tozalamoq.
                Paxta titmoq. Jun titmoq.
                    ▬
                                        G‘oziboy aka bilan Ro‘ziboy akalar panshaxa bilan xirmonda tinmay paxtani titib turishsin.
                        Mirmuhsin, Mixlar va po‘kaklar
                        
            
            
                4. s. t. t. Pora-pora qilmoq, dabdala qilmoq, majag‘ini chiqarmoq.
                
                                        Hozir ko‘ziga ko‘rinsang, titib tashlaydi.
                        A. Qahhor, Sarob
                        
                        Tutun jigarimni ham titib yubordi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar