1.  Sovuqdan, qo‘rquvdan, hayajondan yoki darmonsizlikdan, kasallik va shu kabilardan qaltiramoq.
                
                                        Hayot piq-piq yig‘lar, yelkalari dir-dir titrar edi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        Ko‘zlarimiz to‘qnashdi-yu, uning lablari titrab, ko‘zlaridan ikki tomchi yosh dumalab ketdi.
                        M. Jabborov, Sevinch yoshlari
                        
                        Shodligimdan o‘zimni yo‘qotayozdim, dag‘-dag‘ titrayman.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2.  Qimirlamoq, tebranmoq, silkinmoq, larzaga kelmoq.
                
                                        Baland, to‘g‘ri o‘sgan, uchlari bir-biriga tutashgan qator teraklar jimgina titraydi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Ali tajangning sarg‘ish mo‘ylovi titrab ketdi.
                        Oybek, Quyosh qoraymas
                        
                        G‘ulomjonning gurzisi asov tosh ustiga dahshat bilan urilganda, butun tog‘ titrar, ungur ichi gumburlab ketar edi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                3.  Titroqqa o‘xshash bo‘linib-bo‘linib chiqmoq, ifodalanmoq (ovoz, tovush haqida).
                
                                        Qattiq titragan deraza orqali uzoqda o‘t-bo‘ronlar ko‘rinadi.
                        Oybek, Quyosh qoraymas
                        
                        — Qalay endi, tuzukmisiz? — Shukur, rahmat, —uning ovozi titrab, gapining oxiri yaxshi eshitilmadi.
                        S. Ahmad, Hukm
                        
                        Uyning yaqindagina sirlangan, bo‘yoq isi anqib turgan shifti ostida tor sadolari titrab ketdi.
                        O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
                        
            
            
                4. ko‘chma hma Titroqqa o‘xshash ifoda bermoq, harakatlanmoq.
                
                                        So‘zlar ekan, yuragi mash’um bir ehtimolning dahshatidan titrar, tili ham osonlik bilan harakatlanmas edi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar