1.  Gavdaning bo‘yin bilan qorin o‘rtasidagi old qismi; ko‘krak.
                To‘shni to‘shga qo‘ymoq.
                    ▬
                                        [Zebo] Oynaga qarab, o‘zini tuzatdi. Durrachasi bilan to‘shiga yopishgan ko‘ylagini sal ko‘tarib yelpidi.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
                        Bolam, deb bosayin to‘shima, Kelgin, bolam, chaqqon qoshima.
                        Rustamxon
                        
                        Ayting, nima qilay?? Qizingizni to‘shiga tortgan nomard meni masxaralamaydimi?
                        S. Ahmad, Hukm
                        
            
            
                2.  Mol va qushlarning ko‘krak qismi, ko‘kragi.
                
                                        Dala-tuzni suv olsa, qo‘ng‘ir g‘ozning to‘shidan.
                        Maqol
                        
                        Tagidagi qo‘ng‘ir ot qishloq ko‘chasidan to‘shiga tuproq sachratib yo‘rtib boryapti.
                        M. Mansurov, Yombi
                        
            
            
                3.  Hayvon va parrandalarning ko‘krak oldi go‘shti, qovurg‘alardan qolgan qismi.
                Norinbop to‘sh. Tuzlangan qo‘y to‘shi.
                    ▬
                                        Afandi g‘ozning to‘shini olib aytdi: — Men xizmatdagi qulman shu ham bo‘ladi.
                        Latifalar
                        
                        Laganda samarqandcha mayiz palov bo‘lib, osh ustiga to‘sh va qazi qo‘yilgan.
                        A. Ubaydullayev, Hayot oqimi
                        
            
            
                4. ko‘chma hma Biror narsaning ko‘krakka o‘xshash, ko‘krakka nisbatlanuvchi, ko‘krakli yeri; siyna, bag‘ir.
                
                                        Ona tuproq to‘shiga inson qo‘li bilan ilk chigit donalari qadaldi.
                        Sh. G‘ulomov, Yorqin ufqlar
                        
                        Seni o‘rab olgan tog‘lar to‘shiga To‘lin oy yoymoqda kumush kokilin.
                        Zulfiya
                        
            
            
                5. shv. hv. Tengqur; do‘st, o‘rtoq.
                
                                        Yetimda ne qilar teng bilan to‘shlar.
                        Ravshan
                        
                        Topib o‘ynagil, ey bola, O‘zingning teng-u to‘shingni.
                        Tohir va Zuhra