1.  Yeyish, ichishga bo‘lgan talabi qonmoq, qonib yemoq, ichmoq, ovqatga, suvga qonmoq.
                
                                        Yeb to‘ymagan, yalab to‘ymas
                        Maqol
                        
                        Qo‘l bilan berganga qush to‘ymas.
                        Maqol
                        
                        Suq to‘ymas, o‘g‘ri boyimas.
                        Maqol
                        
                        Anvar Nigor oyimga rahmat aytib, to‘yganini so‘zladi va qo‘l artar ekan, chaqaloqqa gap qotdi.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
                        Kambag‘al xalq o‘lib-tirilib mehnat qiladi-ku, qorni to‘ymaydi, egni butun bo‘lmaydi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2.  Suv, ozuqaga to‘yinmoq (yer va o‘simliklar haqida).
                
                                        G‘o‘zalar suvga to‘ydi. Yer to‘ymaguncha, el to‘ymas.
                        Maqol
                        
                        Qor suviga to‘ygan yer xamirdek yumshoq edi.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
                        Xalqning yer to‘ysa, el to‘yadi, degan naqlida hikmat ko‘p.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Rohatlanib miriqmoq.
                
                                        Uyquga to‘ymoq. Diydoriga to‘ymoq. To‘yib suhbatlashmoq. Yiqilgan kurashga to‘ymas.
                        Maqol
                        
                        U [Elmurod] har gal bu yo‘ldan yurganda, uzoq-uzoqlarga tikilib, sira to‘ymasdi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
                        To‘pa xola o‘zini muncha tetik tutgisi, horigan ko‘zlarini ochgisi, tabiatga to‘yib boqqisi keladi, ammo darmoni yo‘q.
                        I. Rahim, Ixlos
                        
                        Keng hovlining husniga xol bo‘lib turgan atirgullar yaqin kunlarda ochilib, to‘yib bo‘lmaydigan jamolini namoyon qiladi.
                        Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
                        
                        To‘yib-to‘yib sho‘xlik, beboshlik, jinnilik qilsang, vodiyni boshingga ko‘tarib qahqaha ursang.
                        F. Musajonov, Himmat
                        
            
            
                4. ko‘chma hma Chidab, toqat qilib charchamoq, toqati toq, bezorijon bo‘lmoq.
                
                                        Aql, insof bilan ish qila-qila, endi juda to‘ydik.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Men ham to‘ydim bu xo‘rlik, bu haqoratdan!
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        Qishloq xalqi Sarijo‘ja suvining toshqinidan juda to‘ygan ekan.
                        O‘zbekiston qo‘riqlari