1.  Tommoq fe’lining orttirma nisbati.
                Ko‘zga dori tomizmoq.
                    ▬
                                        Ota dekchasini osdi va chayladan shishadagi juvoz moyini keltirib, unga tomizdi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
                        [Qilichev] Ichki cho‘ntaklariga turli-tuman tabletkalar, hidlaydigan, yutadigan, tomizadigan dorilar solib yuradi.
                        Mirmuhsin, Zanglagan qilich
                        
            
            
                2.  (faqat bo‘lishsiz shaklda) Bir qatra ham anoyi qilmaslik, bekor ketkazmaslik, yordam ko‘rsatmaslik.
                U onasiga bir chakki tomizmaydi.
                    ▬
                                        Boy pishiq odam, bir tiyinni chakki tomizmaydi.
                        Oybek, Ulug‘ yo‘l