1.  Biror yeridan ushlab, tutib, o‘ziga tomon surmoq yoki surishga harakat qilmoq.
                Eshikni tortib ochmoq. Qo‘lidan tortib turg‘izib qo‘ymoq.
                    ▬
                                        Sidiqjon tutning ostida otning boshini tortib: — Tut yemaymizmi? — dedi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
                        Anzirat kampir quti o‘chib, o‘rnidan turdi, Bashoratning yoniga kelib, uning boshini ko‘kragiga tortdi.
                        A. Muxtor, Opa-singillar
                        
                        [Gavhar] Tal’at bilan yuzma-yuz turgan Mansurning ko‘lidan ushlab tortdi
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
            
            
                2.  Orqasiga tirkalgan, qo‘shilgan va shu kabilar holatdagi narsani kuch bilan olg‘a yurgizmoq, yurgizib olib bormoq.
                
                                        teplovoz so‘nggi marta qichqirib, sostavni tortib ketdi.
                        H. G‘ulom, Feruza
                        
                        Ho‘kiz kallasini egib, omochni tortishga urinar, qo‘shchi esa hadeb qistardi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        Kichkinagina mashinasini tortib yurgan bola Muhiddinni o‘ziga jalb qildi.
                        R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
                        
            
            
                3.  Ichiga kuch bilan yo‘naltirmoq, yuritmoq.
                Komiga tortmoq. Qa’riga tortmoq.
                    ▬
                                        Nishonov papirosini tutatib, yaxshilab tortib oldi-da, stol ustiga engashdi.
                        S. Zunnunova, Yangi direktor
                        
                        Muqaddam flakondagi dorini shprisga tortib oldi-da, ignasini yuqoriga ko‘tardi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
            
            
                4.  Biror nuqta (joy)dan boshqasi oralig‘iga o‘tkazmoq, yuritmoq.
                
                                        Zulfiqor, boboning ko‘lidan teshani olib, [qoziqni] yana ham mustahkamladi-da, Me’morga qarab: — Endi ustiga mix qoqib, kanop tortaversak bo‘ladimi? — deb so‘radi.
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
                        Bir necha kun ilgari aloqachilar sim tortib yurib, Davronni uchratishgan edi.
                        T. Rustamov, Mangu jasorat
                        
            
            
                5.  Atrofidan tarang qilib o‘tkazmoq, bog‘lamoq.
                
                                        Hotam esa otining ayil-pushtanini qaytadan tortdi
                        M. Hazratqulov, Jur’at
                        
                        Qarshisida ko‘kragidan qayish tortgan, qizil shapka kiygan militsioner turibdi.
                        Guldasta
                        
            
            
                6.  Biror narsani, uning sirtini, ochiq joyni to‘smoq, berkitmoq.
                Betiga niqob tortmoq.
                    ▬
                                        Bir tomonda dorbozlar dor tikadi, qo‘g‘irchoqbozlar chodirxayol pardasini tortadilar.
                        S. Siyoyev, Avaz
                        
                        Haligi xotin qisilgandanmi, uyalgandanmi, boshidagi oq doka ro‘molini yuziga tortib, qo‘ya ber deganday qilib, boshini silkitdi.
                        Oydin, Fonar tagida
                        
            
            
                7.  O‘ziga qaratmoq, moyil qilmoq, jalb etmoq.
                Diqqatni o‘ziga tortmoq.
                    ▬
                                        Quyosh, toza havo, keng, tiniq zangori osmon ko‘zlarni beixtiyor tortadi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        To‘lqinjon shu kungacha Hurini sira qiziqtirmagan edi. Garchi To‘lqinjon chiroyli bo‘lsa ham, qizni o‘ziga tortmasdi.
                        F. Musajonov, Huri
                        
                        Olib kirilgan choy ham sovib qolar, allaqanday o‘lchovlar — uchburchaklar xayolini tortib ketardi.
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
            
            
                8.  Biror ishga aralashtirmoq, qotishtirmoq, jalb etmoq.
                Ishga tortmoq. O‘qishga tortmoq.
                    ▬
                                        Shahidbek mulla Abdurahmonni so‘zga tortdi: — Nima lavozimatdalar, taqsirim?
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
                        Bunday qilaman, — labini qimirlatib, o‘z-o‘ziga shivirladi Yo‘lchi, — avval shunday odamlarni tortamanki, o‘zimga qanday ishonsam, ularning diliga shunday ishongan bo‘lay.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Ular orasidan bizni qo‘llab-quvvatlayman, deganlarini xizmatga torting.
                        K. Yashin, Hamza
                        
            
            
                9.  O‘zini, kimsa yoki narsani biror joyga, holatga olmoq.
                Bundan o‘zini tortmoq. Do‘stini chetga tortmoq.
                    ▬
                                        Matpanoning biqinida turgan qalandar unga boshdan-oyoq razm soldi, o‘zini sal chetga tortdi.
                        S. Siyoyev, Avaz
                        
                        Kichik ofitser ham, soldatlar ham ulardan o‘zlarini tortishdi.
                        Mirmuhsin, Chodrali ayol
                        
                        Bir kuni kechqurun, yotar mahalda ayamni chetga tortib shivirladim.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
            
            
                10.  Ayrim so‘zlar bilan qo‘llanganda, urmoq ma’nosini bildiradi.
                Tig‘ tortmoq. Tarsaki tortmoq.
                    ▬
                                        [Dadam] Oldimga keldilar-u, shapaloq bilan tortib yubordilar.
                        E. Raimov, Ajab qishloq
                        
                        Otliq bor kuchi bilan dehqonning yuz-ko‘zi aralash qamchi tortib yubordi.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
            
            
                11.  Ulashmoq, tarqatmoq, qo‘ymoq (mehmonlarga ovqat).
                Mehmonlarga osh tortmoq. Patnis tortmoq.
                    ▬
                                        Norinni tortib bo‘lgandan keyin Anorgul hamma tovoq-qoshiqlarni toza qilib yuvib oldi.
                        Oydin, Hazil emish
                        
                        Taomning ustidan qizlar tortadi Beklarga opkelib qovurma go‘shtni.
                        Alpomish
                        
            
            
                12.  Tarozida og‘irligini o‘lchamoq.
                Qovunni tortib ko‘rmoq.
                    ▬
                                        Tortib berganda, o‘zinglar qarab turganmidinglar? Nima endi kam deb, betinglarni yulasizlar?
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        Bir oydan keyin qo‘yni tortib ko‘raman, qo‘y semirmasligi kerak (debdi xon).
                        Chalpak yoqqan kun
                        
            
            
                13.  Chizmoq, chiziq shaklida iz solmoq; qazimoq.
                Chiziq tortmoq. Reja tortmoq. Jo‘yak tortmoq.
                    ▬
                                        Me’mor o‘z chodiri yonida yelkasiga peshmatini solib kitob o‘qir, tosh bostirib qo‘ygan yaxlit qog‘ozni olib, chiziqlar tortar, xayol surar edi.
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
                        Tog‘a va’dasida turib, kanaldan ariq tortib kelishga odam yubormasa, ishimiz chatoq bo‘ladi.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
            
            
                14.  Tegirmonda donni unga aylantirmoq.
                Un tortmoq.
                    ▬
                                        Tegirmonchi: — Ertaga keling, afandi, bug‘doyingizni tortib qo‘yaman, — debdi.
                        M. Hazratqulov, Jur’at
                        
            
            
                15.  Kamaytirmoq, ozaytirmoq; cheklab qo‘ymoq.
                Puldan bir oz tortib qo‘ymoq.
                    ▬
                                        — Mol degani iymasa, tanasi yayramaydi, Tanasi yayramasa, sutini tortadi, — dedi Adol xola.
                        A. Mirahmedov, O‘t yuraklar
                        
            
            
                16.  O‘ziga singdirmoq, shimmoq.
                Chuqur suvni tortib ketibdi. Guruch suvini tortibdi.
                                    
                    
            
            
                17. fiz. fiz. Zarralar, jismlar o‘rtasidagi joziba kuchi tufayli o‘z tomoniga surmoq.
                Magnit temirni tortadi.
                                    
                    
            
            
                18.  Biologik, jismoniy tuzilish yoki ma’naviy jihatdan tug‘ganlariga, tug‘ishganlariga o‘xshamoq.
                
                                        Qazisan, qartasan — axir aslingga tortasan.
                        Maqol
                        
                        Sen kimga tortding-a? Ota-onamiz qo‘ydan ham yuvosh odamlar edi-ku!
                        Yo. Xaimov, M. Rahmonov, Hayot-mamot
                        
                        — Buningiz shahzodalarga munosib, — dedi Oysha xola sekingina Sanam otinga o‘girilib. — Onasiga tortdi.
                        Sh. Toshmatov, Erk qushi
                        
                        Otangga tortib, xotin kishini xo‘rlasang agar, senga bergan oq sutim harom bo‘ladi, o‘g‘lim, bilib qo‘y shuni!
                        S. Anorboyev, Mehr
                        
            
            
                19.  Boshdan kechirmoq, chekmoq; his qilmoq, sezmoq.
                Azob tortmoq. Tashvish tortmoq. Dard tortmoq. Xijolat tortmoq. [Valixo‘ja tutaqib:]
                    ▬
                                        Uchastkani sen qil-u, jabrini men tortaymi?
                        N. Safarov, Hayot maktabi
                        
                        Ro‘zg‘ordan shunday tanglik tortdikki, gapirsam, balki ishonmaysiz.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                20.  O‘zi birikib kelgan so‘z bildirgan holat-vaziyatni egallamoq ma’nosini bildiradi.
                Ingichka tortmoq. Yo‘g‘on tortmoq. Baquvvat tortmoq.
                    ▬
                                        Qurbon ota ancha dadil tortdi.
                        S. Nurov, Narvon
                        
                        Momaqaldiroq guldurab, u hushyor tortdi.
                        Yoshlik
                        
                        Darhaqiqat, kuz havosi musaffo bo‘lib, sumbula suvi tiniq tortadi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                21.  Ko‘ngil, dil kabi so‘zlar bilan qo‘llanib, ixtiyor etmoq, xohlamoq ma’nosini bildiradi.
                
                                        Yo‘ldan o‘tayotib, ko‘nglim tortib, bir ko‘ray dedim sizni.
                        S. Nurov, Narvon