Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tozi}
So‘z bo‘g‘inlari: to-zi
Izoh(lar)i:
tozi ot

1. 1. Oyoqlari ingichka, tumshug‘i uzun, xipcha, yugurik ov iti. Har yerning tulkisini o‘z tozisi bilan ovlar. Maqol
Xohlasa, qarchig‘ayini qo‘liga qo‘ndirib, tozi itni ergashtirib, odamlari bilan toqqa chiqib ketardi. P. Tursun, O‘qituvchi
O‘g‘lim ovga ketadi Asil ovchi tozi bilan. Boychechak

2. 2. Chopqir ot, tulpor. Ostimda irg‘iydi G‘irko‘kday tozi. Malikayi ayyor
Ustiga minganda uchar tozingni, Qo‘lga olsang biz qip [qilib/ bergan sozingni. Erali va Sherali

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. tanlab-tanlab, tozisiga uchramoq: -

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.