1.  Elektr kuchi bilan ishlaydigan, bir yoki birdan ortiq vagondan iborat, yo‘lovchi tashuvchi shahar temir yo‘l transporti.
                
                                        Yigitali azbaroyi xursandligidan tramvayga o‘tirishni ham unutib, ijara kulbasi tomon piyoda ketdi.
                        D. Nuriy, Osmon ustuni
                        
                        Tramvayning oldidan taxta ortilgan uzun mashina kesib o‘tdi-yu, qattiq tormoz zarbidan vagon qalqib ketdi. O‘.
                        Usmonov, Sirli sohil
                        
                        El-murod Muharram bilan xayrlashib, Xadraga kelganda, tramvaylar parkka kirib ketmoqda edi.
                        Shuhrat, Shinelli yillar