1.  Bo‘yida, qornida bo‘lgan bolani, oy-kuni yetgach, dunyoga keltirmoq.
                Ust-ustiga egizak tug‘moq. Xotini o‘n yil mobaynida ikki qiz, bir o‘g‘il tug‘di.
                    ▬
                                        G‘anijonning xotini tug‘may yurib-yurib, birdaniga qo‘chqorday o‘g‘il tug‘ib berdi.
                        A. Qahhor, Asarlar
                        
                        Gulsumbibi qizini nari itardi peshonasiga urib yig‘ladi: — Koshki o‘lsam! Koshki ajal kela qolsa! Kuydirding, nega tug‘dim seni?
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2.  Bolalamoq (hayvonlar haqida).
                Sigir ikkita tug‘ibdi. Qo‘y tug‘ibdi.
                    ▬
                                        Oqposhshoning ovchi itlaridan yana bittasi tug‘ibdi — suyunchi yig‘iladi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                3. shv. hv. Tuxum qilmoq.
                
                                        Tavba, tovuqdan ahmoq jonivor yo‘q — moyak qo‘ysang, tug‘adi.
                        A. Qahhor, Asarlar
                        
            
            
                4. ko‘chma s. t. t. Foyda keltirmoq; ko‘paymoq.
                
                                        Voy nodon odamlar! Bilishmaydiki, pul bolalab turadi, indamasdan tug‘adi, chaqaloqlari ing‘alamaydi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar