1. 1. Badanda o‘sadigan soch yoki yungning har biri; mo‘y. Mo‘ylov tuki, ▬ Sochining har bir tolasi, qoshidagi har bir tuk, mijjasidagi har bir kiprik ko‘z o‘ngimda turibdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. 2. Ba’zi narsalarning ustini qoplab olgan (qoplab o‘sgan) mayda qilsimon o‘simta. Shaftolining tuki. Chigitning tuki. ▬ Otliq shoxni ushladi, uni avaylab o‘ziga tortdi, keyin behilardan birining chang bosib yotgan tukini qo‘li bilan artdi, qalpoqli boshini engashtirib, uni hidladi, yana hidladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
1. bir tuk ham kam emas: -
2. bir tuki o‘zgamas: -
3. bir tukiga ham arzimaslik: -
4. harom tukga ham arzimaslik: -
5. harom tukiga ham arzimaslik: -
6. harom tukka ham arzimaslik: -
7. peshona teri tukildi: mashaqqat bilan jismoniy mehnat qildi
1. Tik-tik – tak-tak – tuk-tuk Ma’nosiga ko‘ra (harakat-holatning tez yoki sekinligiga ko‘ra)