1.  Bo‘risimonlar oilasiga mansub, tumshug‘i uzun, dumi mayin uzun junli, o‘ta sezgir va ayyor yirtqich sutemizuvchi hayvon.
                
                                        Qalin maysalar orasida sarg‘ish ayyor tulki alanglab borar edi.
                        Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi
                        
                        Kovakni boyvachcha tulki ovlab yurganida ko‘rgan edi.
                        S. Yunusov, Kutilmagan xazina
                        
            
            
                2.  Shu hayvonning mo‘ynasi va undan tayyorlangan telpak va boshqalar
                
                                        Oysuluv uyg‘onib, ungurning og‘ziga chiqib turgan edi Suvonjon unga quyon rangli tulkini uzatdi.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
                        Boshiga tulki telpak kiygan bu otliq unga tanish ko‘rindi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
            
            
                3. ko‘chma hma O‘taketgan ayyor, makkor odam haqida.
                
                                        Ishonmayman-u, lekin qari tulki eridan ko‘p narsani yashirishini bilaman.
                        O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri
                        
                        Haqiqatda esa, bu tulkilar uni laqillatadilar.
                        A. Qahhor, Sarob