1.  Biror joyda doimiy yashov-chi, o‘rnashib qolgan; muqim;
                Shaharning turg‘un xalqi.
                    ▬
                                        Bir necha yil darbadar umr kechirib oshpazlik qildi, oxiri ona qishlog‘i Avvalda turg‘un bo‘lib qoldi.
                        K. Yashin, Hamza
                        
                        Sen aytgancha, kuyoving Toshkentdan ikkinchi uylanmasin-da, Kumushni qudalaring oldiga turg‘un qilib yuboraylik, tuzukmi?
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Furqat vatanida bo‘lolmay turg‘un, Donishday, Voqifday g‘am-alam yutdi.
                        X. Rasul
                        
            
            
                2.  O‘zgarmas bo‘lgan, doimiy, barqaror.
                Turg‘un muvozanat. Turg‘un holat. Barcha tashkilotlarni turg‘un kadrlar bilan ta’minlash.
                    ▬
                                        Hayotda hech narsa turg‘un bo‘lib qolmaganiday, teatrda ham ko‘p narsalar o‘zgardi.
                        S. Karomatov, Hijron
                        
            
            
                3.  To‘xtab, turib qolgan, harakat qilmaydigan; harakatsiz; oqmas.
                Turg‘un suv.
                    ▬
                                        U ko‘zlarini hovuzdagi turg‘un ko‘kimtir suvga tikib o‘yladi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                4.  Turg‘un (erkaklar va xotin-qizlar ismi).