Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tush} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tush-moq
Izoh(lar)i:
tush fl

1. 1. Yuqoridan, balanddan yoki biror narsa ustidan pastga tomon harakat qilmoq; yo‘nalmoq. Yerdan chiqdimi, osmondan tushdimi, yo‘lda bittasi paydo bo‘lib qolsami?! O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
Mashina shundoqqina Mengliboyning yoniga kelib to‘xtadi-yu, undan eshikni tarsillatib ochib, Hazratqul bilan Temurlang tushdi. S. Ahmad, Yulduz
Sen baland tog‘ uzra erding misli ohu yoki qush, Yolvorib men pastda derdim: Bir nafas yonimga tush. E. Vohidov, Muhabbat

2. 2. Chiqib joylashgan, o‘tirgan, bo‘lgan joyini tark etib, yerga inmoq. Samolyotdan tushmoq. Aravadan tushmoq. Tomdan tushmoq. Avtobusdan tushmoq. Kechirasiz, qayerda tushmoqchilar? X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Vagondan eng keyin tushgan Ahmadjon: — Stroy [saf] bo‘lmasdan shunday ketaversak bo‘lmasmikan, — dedi. A. Qahhor, Oltin yulduz

3. 3. O‘z joyidan chiqmoq, ko‘chmoq; chiqib, ko‘chib joyidan ketmoq, yo‘q bo‘lmoq. Sochi tushmoq. Ilonning po‘sti tushibdi. Molning tuyog‘i tushibdi. Buning ustiga uning [ Nafisaning] tishi tushgan — bu homilador vaqtida sodir bo‘lgan edi. Mirmuhsin, Topilgan husn
[Yara] Usti qora qo‘tir bo‘lib qotadi, u tushib ketgandan so‘ng, yana teri asli, sog‘ holiga qaytadi. Gazetadan

4. 4. Mansab, lavozim va shu kabilardan ketmoq, bo‘shamoq. Men xizmatdan tushgandan so‘ng piyoda yurish yaxshi bo‘ladimi? A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
ikki haftadan so‘ng bo‘shashganicha qaytib keldi — Oq poshsho taxtdan tushgani bilan, oq amin aminligidan tushmapti, — dedi. A. Qahhor, Asror bobo
Mana, mudirlikdan tushdi-yu, xiyla odamshavanda bo‘lib qoldi. P. Tursun, O‘qituvchi

5. 5. Mavqe, daraja, qiymat va shu kabilar jihatdan darajasi pastlashmoq, bo‘shashmoq. Shashtidan tushmoq. Hovuridan tushmoq. Qadri tushmoq. Ruhi tushmoq. Fakultetimiz institut bo‘yicha umumiy ro‘yxatda beshinchi o‘ringa tushib qolibdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Dunyo bozorida terilarimizning narxi tushmasa deyman. S. Ahmad, Yulduz

6. 6. Quyi tomon yo‘nalmoq, quyi sathdan joy olmoq. Shaharga tushmoq. Bozorga tushmoq. Yerga tushmoq. Ular majnuntollar orasidan o‘tib, soyga tushdilar. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Kampir javob bo‘lmaganidan hayron qoldi shekilli, zinalardan avaylab qadam bosib, hovliga tushdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

7. 7. Sathning biror tomoni, o‘rnidan joy olmoq, unda bo‘lmoq. Yalpi shovqin bilan tortishmachoq boshlandi: qiz tomondan gumbazdek yum-yumaloq xotin belini belbog‘ bilan mahkam bog‘lab, o‘rtaga tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Eshqobil bunaqa davralarga ko‘p tushgan. M. Hazratqulov, Jur’at
Shamsi To‘rayevich uning gaplariga quloq ham solmasdan, oldinga tushgancha lo‘mbillab ketaverdi. N. Aminov, Suvarak

8. 8. Turli tomosha va boshqalar bo‘ladigan, ko‘riladigan joyga kirmoq. Teatrga tushmoq. Sirkka tushmoq. Stadionga tushmoq. Ular faqat bir marta kinoga tushishdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
U hordiq oqshomi hammomga tushdi-yu, xodmigarlardan biriga haligi so‘rog‘ini berdi. A. Qahhor, Asarlar

9. 9. Davolanish, axloq tuzatish va shu kabilar maskanga olinmoq, unda bo‘lmoq. Qamoqqa (turmaga) tushmoq. Milisaga tushmoq. U faqat bir narsani — otasi kasal-xonaga tushganini onasiga bildirmaslikni o‘ylardi, xolos. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Ehtimol, ko‘p ichib qo‘yib, hushyorxonaga tushgandir. Mushtum

10. 10. Quyi tomon yo‘nalib, osilib, sathning ma’lum nuqtasiga yetmoq, o‘sha o‘rinda turmoq. Gavharning egnida guldor ko‘k ko‘y-lak qop-qora, uzun sochlari taqimiga tushib turibdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Hirot yigitlariga xos ixchamgina salla o‘rab olgan, sallaning zar chiziqli pechi yelkasiga tushib turar edi. Mirmuhsin, Me’mor
Yoqimli sadoning sehriga berilib, ko‘zlari sekin yumildi, boshi yana quyiroq tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar

11. 11. Kelin bo‘lmoq; erga tegmoq, kuyovga chiqmoq. Singlim tushgan yerlarga Oy bo‘layin, yor-yor Qo‘shiqlar
U kishi mening yangam bo‘ladi, akamga tushgan. Guldasta
Hoy, To‘raxon, Teshaboyga tushganingizga ham uch yil bo‘p qoldi shekilli. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

12. 12. Harakat, narsani bajarmoq, qilmoq ma’nosini bildiradi. Gapga tushmoq. Maqtanishga tushmoq. havaskor hofizlar qo‘shiq aytdi, sho‘x yigitlar o‘yin tushdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
Kechalar tongotarga qadar Halimaxon qo‘shiq aytib, Tamaraxon raqsga tushgan joylarda bo‘ldik. O‘zbekiston qo‘riqlari

13. 13. Shaxs (kimsa)da shu fe’l birikkan so‘z bildirgan holat yuz berishi, uning shunday vaziyatda qolishi ma’nosini bildiradi. Sarosimaga tushmoq. Dahshatga tushmoq. Talvasaga tushmoq. Hayratga tushmoq. Bu manzarani ko‘rib turgan xaloyiq bir lahza hayajonga tushib, sarosimalanib qoldi. K. Yashin, Hamza
Bashirjon ham akaxonining bu sukutidan noqulay ahvolga tushib, lom-lim demay, unga zimdan bir qarab qo‘ydi-da N. Aminov, Suvarak

14. 14. Borlikda shu fe’l birikkan so‘z anglatgan narsaning yuzaga kelishi, bo‘lishi ma’nosini bildiradi. Oqshom tushib, ziyofat yarimlaganda, hovliqib hudaychi kirdi. S. Siyoyev, Avaz
Oraga bir lahza jimlik tushdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
Ular sovuq tushib qolmasdan ko‘zlagan manzillariga yetish uchun tolmas qanotlarini betinim silkitardilar. Gazetadan

15. 15. Biror ish, manbadan qo‘lga kirmoq, kelmoq (pul, daromad kabilar haqida). Tuzukkina tushib turadi, yashirishning hojati yo‘q. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
Oshi halolga tushadigan ovqat ortib qola boshladi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
O‘g‘limning qo‘liga pul tushdi deguncha yeb qo‘yadi. Mushtum

16. 16. Ma’lum narsa, harakat-holatning biror kimsa yoki narsa uchun shu fe’l bog‘langan so‘z anglatgan ma’noda bo‘lishini bildiradi. Yulduzingiz naq bir-biringizga to‘g‘ri tushgan ekan, ikkingizning ham bir-biringizdan kamligingiz yo‘q! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bu yosh yigit, dunyoda muhabbatni har qanday qulfga tushadigan kalitga aylantirib olgan xotinlar ham borligini bilib qo‘ysin A. Qahhor, Asarlar
Uning surati ham asosiy maqsadga, Alisherning tabiatiga xo‘b muvofiq tushadi. Oybek, Navoiy

17. 17. Shaxs uchun biror narsa qandaydir qiymat, miqdor bilan tegmoq, qo‘lga kirmoq, to‘g‘ri kelmoq. Sarf-xarajat esa oltinning o‘zidan ham qimmatga tushayotgan edi. S. Karomatov, Oltin qum
Lekin o‘sha o‘tni sigirga yedirib, qachon sut bo‘lishini poylab o‘tirgandan ko‘ra, o‘tning o‘zidan olsa, ham arzon, ham oson tusharkan. Shukrullo, Saylanma
O‘ziyam [beda] suv tekin tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar

18. 18. Urilmoq, tegmoq (biror narsa bilan bo‘lgan zarb haqida). Shu shovqin-suron orasida Bektemirovning qorni va beliga bir-ikki tepki tushdi. S. Ahmad, Hukm
Birdan yelkamga tushgan mushtdan uyg‘onib ketdim. E. Raimov, Ajab qishloq
Uning shapalog‘i sharaq etib G‘ulomning chap yuziga tushdi. M. Hazratqulov, Jur’at

19. 19. Paydo bo‘lmoq, yuz bermoq. [Madraimboyning] Sariq-qo‘ng‘ir cho‘qqi soqoliga birdan oq tushdi. J. Sharipov, Xorazm
— Jin-pin urganmi seni? — Ahmad brigadirning yuragiga g‘ulg‘ula tushdi S. Nurov, Narvon
Suv qo‘yibman jiyda maydon burchiga, Xol tushibdir kelinchakning yuziga Qo‘shiqlar
Bu fojia katta kemaga tushgan darzga o‘xshardi. Mirmuhsin, Me’mor

20. 20. Barpo etilmoq, qurilmoq. Sidiqjonning diqqati terib qo‘yilgan son-sanoqsiz g‘ishtga jalb bo‘ldi Yerto‘lalar birin-ketin yo‘qolib, o‘rniga uylar tusha boshladi. O‘zbekiston qo‘riqlari
Shu yerga maktab tushadi [dedi xotin] A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Kanal tushmasdan ilgari bir odam Shahrixondan tuxum ko‘tarsa, Uchqo‘rg‘ondan ko‘rinardi, shundoq yaydoq edi. O‘zbekiston qo‘riqlari

21. 21. Band holatga duchor bo‘lmoq, ilinmoq. Tuzoqqa tushmoq. Qopqonga tushmoq. To‘dadan ajralgan to‘rga tushar. Maqol
Bobur Shayboniyxonning qo‘liga tushsa, tirik qutula olmasligini biladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Orqa tomonidan o‘q yog‘dirilayotganiga Durdi qilich hayron: Nahotki qurshovga tushib qoldik, deb garang edi. J. Sharipov, Xorazm

22. 22. Olinmoq, berilmoq (xat, ariza va shu kabilar haqida). Tinglovchilardan savol tushdi. Iltimos tushdi. Taklif tushdi. Oradan ko‘p o‘tmay redaksiyaga shunday xat tushdi. Mushtum
Majlisga yana o‘n to‘qqiz kishidan ariza tushdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

23. 23. O‘zga uchun sarf-xarajat qilmoq, shunday sarf-xarajatga ilinmoq. Xotin kishi eriga xushomad qildimi bilingki, kattaroq bir narsaga tushirmoqchi. S. Siyoyev, Otliq ayol
hali bitta morojniy emas, limonadga ham tushasiz Mirmuhsin, Umid

24. ko‘m. fl. vzf. vzf. Harakatning qo‘qqisdan, kutilmaganda bajarilishi ma’nosini bildiradi; ma’noni kuchaytiradi. Cho‘chib tushmoq. Qoqilib tushmoq. Bu so‘zlar unga yoqib tushdi. — Ahmadjon og‘a, — deb chaqirganini eshitdi. Yuragi bir sapchib tushdi. S. Siyoyev, Avaz
Uning kaltagina mo‘ylovi, qop-qora qoshi o‘ziga yarashib tushgan. H. Shams, Dushman

Antonim(lar)i: o‘ng
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tish Ovqatni chaynash, tishlash uchun xizmat qiladigan a’zo.
Qomus: mavjud emas.

1. achchig‘idan tushmoq: -

2. achchiqdan tushmoq: -

3. alina tushmoq: -

4. amaldan tushmoq: -

5. amalidan tushmoq: -

6. arosatga tushmoq: -

7. ayagan ko‘zga cho‘p tushmoq: -

8. ayoqdan tushmoq: -

9. bir qorindan talashib tushmoq: bir onadan tug‘ilgan

10. bo‘ynga tushmoq: -

11. bo‘yniga tushmoq: -

12. boshga tushmoq: -

13. boshi ko‘ksiga tushmoq: -

14. boshiga tushmoq: -

15. chakagi tushmoq: Gapira-gapira charchamoq; biror gapni ko‘p ta’kidlamoq. chakagi tushmoq

16. chalpak bo‘lib tushmoq: -

17. chalpakdek bo‘lib tushmoq: -

18. chekga tushmoq: -

19. chekiga tushmoq: -

20. cho‘kka tushmoq: -

21. churra tushmoq: -

22. churrasi tushmoq: -

23. chuv tushmoq: behudaga sarflamoq, ayrilib qolmoq.

24. dam ichga tushmoq: -

25. dami ichiga tushmoq: -

26. damidan tushmoq: -

27. dimog‘ga qurt tushmoq: -

28. dimog‘iga qurt tushmoq: -

29. dog‘ tushmoq: -

30. domiga tushmoq: -

31. egardan tushmoq: -

32. el tilina tushmoq: -

33. esga tushmoq: -

34. eshagidan tushovi qimmatga tushmoq: -

35. esiga tushmoq: -

36. g‘azabdan tushmoq: -

37. g‘azabidan tushmoq: -

38. gapga tushmoq: -

39. gardanga tushmoq: -

40. gardaniga tushmoq: -

41. hovurdan tushmoq: -

42. hovuridan tushmoq: -

43. ichiga o‘t tushmoq: -

44. ish tushmoq: -

45. ishga tushmoq : -

46. ishi tushmoq: -

47. ishq tushmoq: -

48. ishqi tushmoq: -

49. izdan tushmoq: -

50. izga tushmoq : -

51. izga tushmoq: -

52. izidan tushmoq: -

53. iziga tushmoq : -

54. iziga tushmoq: -

55. jahldan tushmoq: -

56. jahlidan tushmoq: -

57. jon talvasasiga tushmoq: -

58. jon teriga tushmoq: 1.qattiq tirishmoq, bor kuchini sarflamoq. Jon teriga tushib ishlamoq; 2.qattiq azoblanmoq, azobning, og‘riqning zo‘rligidan majolsizlanmoq, holdan toymoq.

59. ketdan tushmoq: -

60. ketga tushmoq: -

61. ketga tushmoq : -

62. ketidan tushmoq: -

63. ketiga tushmoq : -

64. ketiga tushmoq: -

65. ko‘ngil joyiga tushmoq: -

66. ko‘ngil o‘rniga tushmoq: -

67. ko‘ngilga g‘ashlik tushmoq: -

68. ko‘ngilga g‘ulg‘ula tushmoq: -

69. ko‘ngli joyiga tushmoq: -

70. ko‘ngli o‘rniga tushmoq: -

71. ko‘ngliga g‘ashlik tushmoq: -

72. ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushmoq: -

73. ko‘ngliga vahima tushmoq: -

74. ko‘z ko‘zga tushmoq: -

75. ko‘z tushmoq: -

76. ko‘zga tushmoq: -

77. ko‘zi ko‘ziga tushmoq: -

78. ko‘zi tushmoq: -

79. ko‘ziga tushmoq: -

80. kunga tushmoq: -

81. kuniga tushmoq: -

82. laqqa tushmoq: -

83. ma’qul tushmoq: -

84. mahrga tushmoq: -

85. mahriga tushmoq: -

86. mehri tushmoq: -

87. ming ohangga tushmoq: -

88. miyasiga qurt tushmoq: miyasi aynimoq

89. mukka tushmoq: -

90. nazar tushmoq: -

91. nazarga tushmoq: -

92. nazari tushmoq: -

93. o‘rtaga sovuqchilik tushmoq: -

94. o‘rtaga sovuqchilik tushmoq: -

95. o‘rtaga tushmoq: -

96. o‘rtaga tushmoq: -

97. o‘rtalariga sovuqchilik tushmoq: -

98. o‘rtalariga sovuqchilik tushmoq: -

99. o‘rtalariga tushmoq: -

100. o‘rtalariga tushmoq: -

101. o‘t tushmoq: -

102. obro‘ tushmoq: -

103. obro‘y tushmoq: -

104. obro‘yi tushmoq: -

105. og‘irligi tushmoq: -

106. og‘irlik tushmoq: -

107. og‘izga tushmoq: -

108. og‘iziga tushmoq: -

109. og‘ziga tushmoq: -

110. olaxurjun yelkaga tushmoq: -

111. olaxurjun yelkasiga tushmoq: -

112. oldga tushmoq: -

113. oldiga tushmoq: -

114. oraga sovuqchilik tushmoq: -

115. oraga sovuqchilik tushmoq: -

116. oraga sovuqlik tushmoq: -

117. oraga tushmoq: -

118. oralariga sovuqchilik tushmoq: -

119. oralariga sovuqlik tushmoq: -

120. orqadan tushmoq: -

121. orqaga tushmoq: -

122. orqasidan tushmoq : -

123. orqasidan tushmoq: -

124. orqasiga tushmoq: -

125. ortina tushmoq: -

126. oshga pashsha tushmoq: -

127. osmon uzilib, yerga tushmoq: -

128. osmondan tushmoq: -

129. otdan tushmoq: -

130. past tushmoq: -

131. paydan tushmoq: -

132. payga tushmoq: -

133. payga tushmoq : -

134. payga tushmoq : -

135. payidan tushmoq: -

136. payiga tushmoq: -

137. payiga tushmoq : -

138. paytavasiga qurt tushmoq: -

139. qimmatga tushmoq: -

140. qo‘lga tushmoq: -

141. qo‘ltig‘dan tarvuz tushmoq: -

142. qo‘ltig‘idan tarvuz tushmoq: -

143. qo‘ltig‘idan tarvuz tushmoq: -

144. qo‘ltig‘idan tarvuzi tushmoq: -

145. qora terga tushmoq: -

146. ruh tushmoq: -

147. ruhi tushmoq: -

148. sarosimaga tushmoq: -

149. sarosimalikka tushmoq: -

150. shashtdan tushmoq: -

151. shashtidan tushmoq: -

152. shaxtdan tushmoq: -

153. shaxtidan tushmoq: -

154. shubhaga tushmoq: -

155. taftidan tushmoq: -

156. taftni tushmoq: -

157. talvasaga tushmoq: -

158. taptidan tushmoq: -

159. taptni tushmoq: -

160. tarvuz qo‘ltig‘idan tushmoq: -

161. tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq: -

162. tashvishga tushmoq: -

163. taxtdan tushmoq: shoxik, xonlik, amirlik lavozimidan ajralmoq, hokimiyat tepasidan tushmoq

164. taxtni tushmoq: -

165. tila tushmoq: -

166. tiliga tushmoq: -

167. tillaga tushmoq: -

168. tuzog‘iga tushmoq: -

169. tuzoqqa tushmoq: -

170. umidsizlikka tushmoq: -

171. vahimaga tushmoq: -

172. vasvasaga tushmoq: -

173. xatga tushmoq: -

174. yo‘l tushmoq: -

175. yo‘lga tushmoq: -

176. yo‘li tushmoq: -

177. yo‘liga tushmoq: -

178. yodga tushmoq: -

179. yodiga tushmoq : -

180. yodiga tushmoq: -

181. yulduzlar juft tushmoq: -

182. yulduzlari juft tushmoq: -

183. yuragiga g‘ulg‘ula tushmoq: -

184. yuragiga o‘t tushmoq: -

185. yurakka g‘ulg‘ula tushmoq: -

186. yurakka o‘t tushmoq: -

187. yuzi ustuna tushmoq: -

188. zahrdan tushmoq: -

189. zahridan tushmoq: achchiqlanishdan to‘xtadi

190. zimmaga tushmoq: -

191. zimmasiga tushmoq: javobgar qilindi

192. zo‘riga tushmoq: -

1. Hadiksiramoq – cho‘chimoq – qo‘rqmoq – vahimaga tushmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

2. O‘tirmoq – yonboshlamoq – cho‘zilmoq – uzala tushmoq – yotmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(holat darajasiga ko‘ra)

3. Otlanmoq – qo‘zg‘almoq – ko‘tarilmoq – yo‘lga tushmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.