1.  Narsalarga xos bo‘lgan rang, rang ko‘rinishi.
                Tusi o‘zgarmoq. Tusi oqarmoq, Tusini yo‘qotmoq.
                    ▬
                                        Shuning uchun yoz kunlari maxdumning bog‘chasi oq, nimrang, ola-zangor, malla-lojuvard va boshqa tus kapalaklarning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir ko‘rinishga kiradi.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
                        Marzalardagi maysa-giyohlar bir xil rangda — oltin tusida tovlanadi.
                        N. Aminov, Suvarak
                        
                        Mardon Yo‘lchiyevich novcha, yuzi cho‘zinchoq, tusi ham Temirjonning chehrasiday tiniq ekan.
                        J. Abdullaxonov, Oriyat
                        
                        Odatda dengiz suvi ko‘kimtir rangli, bo‘ladi. Primoryeda esa dengizning suvi temir zangining tusini eslatadi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2.  Tashqi ko‘rinish; qiyofa.
                
                                        Zamonlar o‘zgaradi, joyning ham tusi o‘zgaradi.
                        Y. Shamsharov, Toshqin
                        
                        Bolalarning qiy-chuvi, xotinlarning baqirib-chaqirishlari bu jimjit to‘qayzorga mahalla tusini berib qo‘ydi.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
                        Qizi shomda qaytganda, hovlida gard ham yo‘q, salqin, suv sepilgan, hovlining tusi o‘zgarib, chang bosib yotgan akaslar ham chehrasi ochilganday edi.
                        S. Nurov, Narvon
                        
                        Homid mag‘rur tus bilan Ota-bekka qaradi. A.
                        Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Quvonch, qo‘shiq har yonda, Oq kaptarlar osmonda Parvoz qiladi ko‘rkam, Bayram tusida o‘lkam.
                        R. Bobojon