1. Eski tipdagi mahalliy uy, binolarning devori yoki tepasidan yorug‘lik, havo kirib turishi yoki boshqa maqsadlar uchun qoldirilgan to‘rtburchak yoki doiraviy teshik. Mana, bir tomondan deraza o‘rniga tuynuk ochilgan kichkina qorong‘i uyda o‘n-o‘n besh chog‘li xotin o‘tiribdi. S. Zunnunova, Gulxan Xona madrasalardagi hujraga o‘xshash kichik bo‘lib, tepada ikki tuynuk bor edi. Mirmuhsin, Me’mor Bir vaqtlar Sulton Mahmud mirzo tirikligida shu xonadan qizlar cho‘miladigan bo‘lmaga maxfiy bir tuynuk ochilgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
1. bo‘yi tuynukdan chiqib ketayotgani yo‘q: -
2. boshi tuynukdan chiqib ketayotgani yo‘q: -
3. oy tuynukka, arava eshikka kelganda: -