1.  Suhbat, ziyofat va shu kabilarda doimiy birga bo‘ladigan kishilar birligi, shunday kishilardan iborat bo‘ladigan yig‘in; ulfatchilik
                
                                        Mirza sariq qo‘shilgan ulfatdan tezda qutulib chiqish oson bo‘lmaydi.
                        Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
                        
            
            
                2.  Shunday yig‘in, ulfatchilikning har bir qatnashchisi, a’zosi (boshqalariga nisbatan); jo‘ra.
                
                                        Qishning uzun tunlari bu yerda ulfatlar gap yeyishadi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                3.  Umuman, suhbat, ziyofat va shu kabilar uchun to‘plangan (ikki va undan ortiq) shaxslar, ulardan har biri (bir-biriga nisbatan).
                
                                        Boltavoyning yallasiga quloq soladigan ulfatlar choyxonani tark etib, urushga ketgan.
                        S. Ahmad, Qadrdon dalalar
                        
            
            
                4.  Ulfati.
                
                                        Xo‘jayin juda ulfat, dilkash odam chiqib qoldi. Men ishlayman, u bo‘lsa choy quyib berib o‘tiradi.
                        N. Safarov, Olovli izlar
                        
            
            
                5.  Doim birga bo‘luvchi narsa; sherik.
                
                                        Bir qalam, oppoq qog‘oz birlan siyoh-don ulfatim.
                        S. Abdulla