1.  Muassasa, korxona uchun zarur bo‘lgan narsalar, ashyo; jihoz.
                Oshxona uskunalari. Maktab uskunalari. Laboratoriya uskunalari.
                    ▬
                                        [G‘ulomjon:] Taqsirim mening maktabimni g‘orat qildim, uskunalarini yondirdim, deb xursanddirlar.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan meditsina-sanitariya markazi qurib, foydalanishga topshirildi.
                        S. Anorboyev, O‘zbekiston oltini
                        
            
            
                2.  Kasb-hunar amaliyotida zarur bo‘ladigan qurol va moslamalar.
                Duradgorlik uskunalari. Naqqoshlik uskunalari.