1.  Tomni ko‘tarib turuvchi tik tayanch yog‘och.
                
                                        Me’mor ayvonga qaradi: peshayvonning o‘sha to‘rt ustuni ko‘ziga olovdek ko‘rindi.
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
                        La’li otxonaning o‘t yalayotgan xarilarini, charsillab yonayotgan ustunlarini ko‘rdi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
            
            
                2. arxit. it. Bino peshtoqi va shiftining asosiy tayanchi; kolonna.
                Teatr peshtoqining ustunlari. Foye ustunlari.
                    ▬
                                        Stansiya ayvonining bahaybat ustunlari, rang-barang yasanib, poyezd kutishga chiqqan odamlar asta-sekin suza boshlaganda, Elmurod toqat qilolmadi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                3.  Umuman, biror narsani ko‘tarib turish, osib qo‘yish va shu kabilar uchun foydalaniladigan uzun tik yog‘och yoki shu taxlitda ishlangan qurilma.
                Chegara ustuni. Yo‘l ko‘rsatuvchi ustun.
                    ▬
                                        Ajalning nishtari bag‘rim yirtadi, Shiqirlatib dor ustunga tortadi.
                        Shirin bilan Shakar
                        
                        Ketmon ko‘targan ikki mo‘ysafid uning yonidagi elektr ustuni tagida gaplashib o‘tirardi.
                        O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri
                        
            
            
                4. fiz. iz. Havo bosimi yoki harorat o‘lchash asboblarining tik shisha naychasi ichidagi suyuqlik.
                Simob ustuni pasaya boshladi.
                    ▬
                                        Suyuqlik ustuni qancha baland bo‘lsa, bosimi shuncha katta bo‘ladi.
                        Fizika
                        
            
            
                5. ko‘chma hma Ushlab, tutib, saqlab turuvchi shaxs; tayanch, suyanchiq.
                
                                        Afsuski, oramizda ustoz Abdusamad Avval yo‘qlar, ma’rifat imoratining bir ustuni yiqilib tushdi.
                        M. Osim, Karvon yo‘llarida
                        
                        Tunov kuni shahardan chiqib kelayotgan uch-to‘rt oqsoqol meni ko‘rsatib, rayonning ustuni degani qulog‘imga chalindi.
                        R. Rahmon, Mehr ko‘zda
                        
                        Ustunlari tezlik bilan yakson qilingan bo‘lsa ham, eski jamiyat osonlikcha qulamadi.
                        O‘TA
                        
            
            
                6.  Biror jihatdan yuqori, baland, kuchli.
                Son jihatdan ustun.
                    ▬
                                        Mirzakarimboyning qizi Nurinisoning tabiatida yengillik bilan makr ustun turar edi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        El-yurt manfaatlari har bir narsadan ustun va ulug‘.
                        N. Safarov, Olovli izlar