1.  Ayb, gunoh.
                
                                        Yoshgina emadigan chaqalog‘i bo‘lmaganda ham mayli edi, unga qo‘l tegizmoq uvol!
                        I. Akram, Adolat
                        
                        Mehmonlar to‘yga borib xursand bo‘lishmadi. To‘yboshining orzu-havasi uvolga, zamon so‘zi bilan aytsak, gunohga aylandi.
                        N. Safarov, Olovli izlar
                        
            
            
                2.  Foydasiz yoki bevaqt yo‘q bo‘lish, yo‘qolish; nest-nobud.
                
                                        Umr uvol, uvol, bahor mevalarin, Yoshlik bo‘salarin to‘yib totmasang.
                        A. Muxtor
                        
                        Xohishlaring bo‘lmasin uvol!
                        H. Olimjon
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Birovga ozor bermaydigan, ziyon yetkazmaydigan; yuvosh, zaif.
                [Akram:] Iye, hali sutdan oq, musichadek uvolman deng? O. Yoqubov, Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam — dilim.
                    ▬
                                        Boya chumolidek uvol ko‘ringan qizdek yigit endi kiyikdek yel quvib uchib borardi.
                        S. Ahmad, Cho‘l burguti
                        
            
            
                4.  Og‘ir, qiyin, ayanchli.
                
                                        Jo‘jabirdek jon, bolalariga uvol bo‘ldi.
                        N. Safarov, Uyg‘onish
                        
                        Oyoq-qo‘li butun bo‘la turib, chumchuqdan battar uvol yashaydigan odamlar ham bor.
                        S. Ahmad, Qadrdon dalalar