1.  Qo‘lidagi biror narsani boshqa bir shaxsga bermoq, qo‘l cho‘zib tutqizmoq, birovga tutmoq.
                Choy uzatmoq. Gul uzatmoq.
                    ▬
                                        Ra’no kitobni sekingina yopib, Anvarga uzatdi.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
                        Tamila unga so‘rg‘ich kiygizilgan sutli shishani uzatdi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
                        Yuzini ro‘mol bilan to‘sgan bir ayol derazadan osh uzatdi.
                        S. Ahmad, Hukm
                        
            
            
                2. ko‘chma s.t. .t. Pora (pora tarzidagi narsa) bermoq.
                Unga biror narsa uzatmasangiz, ishingiz bitmaydi.
                                    
                    
            
            
                3.  Biror tomonga yo‘naltirmoq, cho‘zmoq, yozmoq; rostlamoq (oyoqni, qo‘lni).
                
                                        Sherali dum-dumaloq qo‘lini Karimga uzatdi. S. Karomatov, Oltin qum. U ikkala oyog‘ini uza-tib, o‘zini uyqu ixtiyoriga topshirdi.
                        F. Musajonov, Himmat
                        
            
            
                4. sprt. rt. Irg‘itib, tepib, ikkinchi o‘yinchiga o‘tkazmoq, yetkazib bermoq; oshirmoq (to‘p, shayba va shu kabilarni).
                
                                        bir-birlarining qarshi hujumlarini mustahkamlab, to‘pni qisqa va aniq uzatib o‘ynar edilar.
                        Gazetadan
                        
            
            
                5.  Ma’lum joygacha birgalashib bormoq, kuzatmoq.
                
                                        Uni elektr chiroqli stolba tagigacha uzatib, so‘ng xayrlashdi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
                        Usta Olim Otabekni ko‘chagacha uzatib chiqdi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                6.  Biror manzilga yo‘llamoq, jo‘natmoq.
                
                                        Ona bugun uzatadi o‘z o‘g‘lini frontga.
                        H. Olimjon
                        
                        Mengboy tanishlarini uzatdi, yana G‘affor bilan bufetga qaytib kirdi.
                        Sh. Xolmirzayev, Og‘ir tosh ko‘chsa
                        
            
            
                7.  Yetkazmoq, yetkazib bermoq.
                Xabarlarni uzatmoq, Elektr tokini uzatmoq.
                                    
                    
            
            
                8.  Turmushga chiqarmoq, erga bermoq.
                
                                        Qiz bola ota-onaga omonat, uzatib tinchiy!
                        S. Zunnunova, Yangi direktor
                        
                        Siz uzatishni xohlamasangiz ham, balki u erga tegishni xohlab qolgandir.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
                        Kelin qilsang — yo‘qdan qil, qiz uzatsang — borga qil.
                        Qanotli so‘zlar