1. kam qo‘ll. ll. Kechirish, afv etish.
                
                                        Yoshlikda hammadan ham xatolik o‘tadi. Kichikdan — xato, kattadan — uzr.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
            
            
                2.  Biron ish, xatti-harakatni oqlovchi narsa; sabab, vaj.
                
                                        Ishlashdan qo‘rqishim to‘g‘risidagi uzrimni aytib yig‘ladim.
                        G‘. G‘ulom, Tirilgan murda
                        
                        Uylanish sizga ham farz, ham qarz. Bunga qolganda, albatta, bir uzr ko‘rsatolmaysiz.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Molimizni ortgan tuyakashlar shu saroyga tayinlangan edilar. — Har holda, bu uzr emas!
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                3.  Afv etish, kechirish haqidagi iltimos; kechirim.
                
                                        O‘tib ketgan, hozir hammamizni ham xijolatga qo‘ygan ish to‘g‘risida Farmonqul, uzr tariqasida bo‘lsa ham, gap ocharmikin, deb xavotirda edim.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
            
            
                4. und. s. s. Afv eting, kechiring ma’nolarida ishlatiladi.
                
                                        — Uzr, sizni qo‘rqitib yubordim, — dedi G‘ulomjon.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        — Uzr, aybga buyurmaysiz, — dedi Nusratbek, olimni ishdan qoldirayotganiga iymanib.
                        S. Nurov, Narvon