1. tar. ar. Mamlakatning poytaxtdan yiroqdagi chekka o‘lkasi.
                
                                        Bobur mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr yana Ulug‘bek davridagi kabi birlashsa, poytaxt asliga qaytsa, hamma viloyatlar hamjihat-u obod bo‘lsa
                        P. Qodirov, Yulduzli tunlar
                        
            
            
                2. esk. sk. Umuman, mamlakat, o‘lka, yurt.
                
                                        Qadimdan lojuvard, la’l va boshqa qimmatbaho toshlari bilan mashhur bo‘lgan Badaxshon viloyatida [Afg‘onistonda] ham geologlar yangi konlarni aniqladilar.
                        Fan va turmush
                        
                        Ota, Chambil derlar viloyatingni
                        Hasanxon
                        
                        Xuddi o‘sha yili Shimoliy Hindiston hokimi Akbar tobeligidagi Markaziy Hindiston viloyatiga elchilar yuboradi.
                        S. Karomatov, Oltin qum
                        
                        Senda ko‘pdir, o‘g‘lim, aql-u farosat, Oxir senikidir taxt-u viloyat.
                        Erali va Sherali
                        
            
            
                3. esk. sk. Shahardan chekka joy(lar).
                Kezib shahr-u viloyat, ko‘bako‘yin darbadar ko‘rdim. Uvaysiy.
                                    
                    
            
            
                4.  Mamlakatning bir va undan ortiq shaharlarini ham o‘z ichiga oladigan yirik ma’muriy-hududiy bo‘linma.
                Toshkent viloyati. Navoiy viloyati. Qashqadaryo viloyati.
                    ▬
                                        Andijon viloyati paxtakorlari bu yilgi rejani muddatidan ilgari amalga oshirdilar.
                        Gazetadan