1.  Cho‘l va chalacho‘llarda obod qilingan yer.
                Zarafshon vohasi. Xorazm vohasi.
                    ▬
                                        Bir tomchi suvga zor bo‘lib yotgan dasht o‘zlashtirilib, ma’murchilik vohasiga aylantirilib, Oqar qishlog‘i aholisi qarab turarmidi.
                        O‘zbekiston qo‘riqlari
                        
                        Vohaning uzunligi nari borsa uch-to‘rt farsang, kengligi ko‘p bo‘lsa bir farsang kelar.
                        O. Yoqubov, Ko‘hna dunyo
                        
                        Tuprog‘i serunum, iqlimi mo‘tadil, ammo suvi kamchil Qashqa vohasini bog‘-rog‘larga aylantirish qadimiy orzu edi.
                        O‘zbekiston qo‘riqlari