1.  Voqe narsa, ish-hodisa, holat va shu kabilar
                Kutilmagan voqea. Tarixiy voqea. Xalqaro voqealar. Quvonchli voqea. Qiziq voqea. Noxush voqea. Muhim voqea.
                    ▬
                                        Bu filmdagi voqealarni aytishga odam bolasining tili bormas edi.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
                        O‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha voqealarni ham so‘zlab berdi.
                        O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
                        
                        Farg‘ona vodiysida eng buyuk, tarixga kirgan voqea Katta Farg‘ona kanalining qazilishidir.
                        O‘zbekiston qo‘riqlari
                        
                        Romanning badiiyligiga soya tashlab turgan voqealar ba’zi o‘rinlarda ortiqcha cho‘zilib ketadi.
                        S. Karomatov, Oltin qum