1.  Biror maqsadga erishish yoki biror ishni amalga oshirish uchun dastak bo‘lib xizmat qiladigan narsa, qurol.
                Axborot vositalari. Texnika vositalari. Transport vositalari. Ishlab chiqarish vositalari.
                    ▬
                                        Daryodan suzib o‘tish uchun Umarovda qayiq ham, oddiy suzish vositasi ham yo‘q edi.
                        T. Rustamov, Mangu jasorat
                        
            
            
                2.  Umuman, biror narsani amalga oshirish uchun xizmat qiladigan, foydalaniladigan narsa, omil.
                
                                        Deydilarki, odatda, sevishganlar o‘z ko‘ngillarini til bilan izhor etolmaydilar, imo-ishora va ba’zan qochiriq gaplar juda yaxshi vosita emish.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
                        Mehnat intizomi shunday bir vositaki, u ishda uyushqoqlikni, tashabbuskorlikni, ijodkorlikni ta’minlaydi.
                        O‘zbekiston qo‘riqlari
                        
                        Qoraqand mevasi bilan chinor po‘stlog‘idan tayyorlangan sharbat ham qandli diabetni davolashda yaxshi vosita ekan.
                        Fan va turmush
                        
            
            
                3. ko‘m. vzf. zf. (o‘rin-payt kelishigida — vositasida)
                
                                        Orqali, tufayli.faqat u mening vositamda to‘yni boshlash uchun sizdan izn olgani kelgan ekan.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
                        ularning [davlatmandlarning] ziyofatlari vositasida ba’zi madrasalarning mudarrislari, muharrirlari bilan ham tanishdi.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon