1.  G‘amgin, kayfiyati yo‘q; ma’yus.
                
                                        Otabek xomush o‘tirar, Hasanali esa uning holini ta’qib etmoqda edi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        [Ahmad] Parishon va xomush bir kayfiyatda zo‘r-bazo‘r qadam bosib, ishxonasi tomon yo‘l oldi.
                        F. Musajonov, Himmat
                        
            
            
                2.  O‘ychan, so‘zsiz.
                
                                        U [chol] tajang bo‘lmagan vaqtda ko‘pincha boshi yarim qiyshaygan, xayolchan, xomush yuradi.
                        Mirmuhsin, Zanglagan qilich
                        
                        Komandir jim, komandir xomush.
                        U. Nosir
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Avzoyi buzuq, jimjit (ob-havo haqida).
                
                                        Shamol bosilgan Tabiat xomush.
                        H. G‘ulom, Mash’al