1.  Ma’lum miqdorda xonasi bor.
                
                                        Bektemir do‘stlari Dubov, Asqar polvon va boshqa bir necha jangchilar bilan ikki xonali bir uyga joylashdi.
                        Oybek, Quyosh qoraymas
                        
                        Ota-ona vafotidan so‘ng u istiqomat qilayotgan uch xonali uy karvonsaroyga aylandi.
                        Gazetadan
                        
                        Bir xonali pakana uyin Yoritadi yonib jinchiroq.
                        H. Po‘lat
                        
            
            
                2.  Ma’lum miqdordagi katagi yoki bo‘lmachalari bor; katakli (jadval, daftar, shaxmat taxtasi, bosmaxona yashigi va shu kabilar haqida).
                Shaxmat taxtasi oltmish to‘rt xonali bo‘ladi. O‘n olti xonali yashik.
                                    
                    
            
            
                3. mat. at. Ma’lum miqdordagi xonaga ega (
                Uch xonali son. Besh xonali son.
                    ▬
                                        100 dan 999 gacha bo‘lgan sonlar uch xonali sonlardir.
                        Matematika