1.  Biror kimsa yoki narsaning o‘zigagina oid, o‘zidagina bo‘ladigan.
                Bolalarga xos qiliq. Rahbarning o‘ziga xos ish uslubi.
                    ▬
                                        Klara ayollarga xos chiroyli harakat bilan sochini orqasiga tashlab yubordi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
                        Chol keksalarga xos boqish bilan bir zum tikildi: — Kel, chirog‘im, nima xizmat?
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2.  Biror shaxsning o‘zigagina tegishli bo‘lgan, o‘zigina foydalanadigan; shaxsiy.
                
                                        Oq otliq Bobur mirzo yuzdan ortiq beklari va xos navkarlari bilan tog‘ etagiga yaqinlashib qolgan edi.
                        P. Qodirov, Yulduzli tunlar