1. ayn. yn. Xotir 1.
                Xotirasi kuchli odam.
                    ▬
                                        Ziyoda tiyrak qora ko‘zlari bilan kuldi va shu qiyofada Zargarovning xotirasiga o‘rnashib qoldi.
                        A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat
                        
            
            
                2.  Biror kimsa yoki narsa haqidagi yodda, esda saqlangan taassurot.
                Sayohat xotiralari.
                    ▬
                                        U [Mansur] Bog‘ishamol nafasini, o‘tmish so‘qmoqlarida qolgan bebaho bolalikning aziz xotiralarini olib kelgan bu yigitga havas bilan qarar edi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
            
            
                3.  Esdalik, yodgorlik.
                
                                        [Botir Dilbarga:] Salom! (kitobni uzatib) Mendan sizga xotira.
                        N. Safarov, Hayot maktabi
                        
                        [Chaqaloqning] Otini Shavkat qo‘yaman! Shavkat! Shavkatli kunlarimdan xotira bo‘lsin! — derdi [Alimardon].
                        O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
                        
            
            
                4.  Xotira (xotin-qizlar ismi).