1.  Ruhan tinch bo‘lishlik, osoyishtalik.
                
                                        O‘zimdagi bunday nogahoniy jur’at va xotirjamlikdan bir zum hayratga tushdim.
                        O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
                        
            
            
                2.  Biror kimsa yoki narsa xalaqit bermaydigan tinch sharoit.
                
                                        [Nizomjon:] Boshqa bir kelasizlar endi xotirjamlikda.
                        A. Muqimov, G‘alati odamlar
                        
                        [Xolmat Ruzvonga:] Keling, oyimposhsho! Xotirjamlikda so‘zlashib, hasratlashib olaylik!
                        Hamza, Kim o‘g‘ri?
                        
            
            
                3.  Beg‘amlik, beparvolik.
                Xotirjamlikka berilish kayfiyati.
                    ▬
                                        Navoiy Tarixi muluki Ajamda ham podsholarning g‘ururga, kayf-safoga, xotirjamlikka berilishi oqibatida mamlakat va xalqni yomon ahvolga solib qo‘yishini ko‘rsatib beradi.
                        O‘TA