1.  Diniy tushunchaga, xususan islom diniga ko‘ra, butun mavjudotni, butun olamni yaratgan va uni boshqaruvchi oliy ilohiy kuch; har qanday dinning e’tiqod qilish asosi (musulmonlarda: Alloh so‘zining sinonimi).
                
                                        Xudo butun jonivorlarni yaratib bo‘lib, har qaysisiga umr ulashadigan bo‘libdi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
                        — Mirzo Anvar inimga xudo martaba ato qilgan emish deb eshitdim, — dedi Safar bo‘zchi.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
            
            
                2.  Ko‘pxudolikda olamning qandaydir bir qismining oliy hukmdori.
                Sevgi xudosi. Urush xudosi.
                    ▬
                                        Go‘zallikning qoshida axir Cho‘kka tushgan hatto xudolar.
                        A. Oripov