1.  Kishining muomala va ruhiy xususiyatlari majmui; fe’l, xarakter.
                Xulqi sovuq odam.
                    ▬
                                        Yaxshi xulq — kishining husni.
                        Maqol
                        
                        Saodatxon bularning xulqi haqida o‘ylab, chuqur xayolga cho‘mgan edi.
                        S. Zunnunova, Olov
                        
                        Qahramonlarning so‘z ifodalari ularning saviyalariga va xulqlariga muvofiq tanlangan.
                        T. Jalolov, Xamsa talqinlari
                        
            
            
                2.  Kishiga odat bo‘lib qolgan, takrorlanib turadigan xatti-harakat; odat, qiliq.
                
                                        Qodir ancha yumshargan edi. Nabigul yaramas xulqlari bor ekanini bo‘yniga olish bilan Qodirni yana ham yumshatdi.
                        A. Qahhor, Qanotsiz chittak
                        
                        Uning raqslarida qush yengilligi, Shabada sho‘xligi, gulning nozi bor. Uning odobida, uning xulqida Insoniy kamolot mavjud, barqaror.
                        Uyg‘un