1.  Ko‘rinishi yoqimsiz; ko‘rimsiz, chiroyli emas.
                
                                        Fransuzlar dunyoda xunuk ayollar yo‘q, faqat o‘ziga oro bermagan, parvarishsiz ayollargina bor, deb hisoblashadi.
                        Saodat
                        
                        Voy-vuy, qishlog‘imiz shunaqa xarob, shunaqa xunukmi!
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Yoqimsiz; noxush, jirkanch.
                Xunuk voqea.
                    ▬
                                        Har qalay, kecha xunuk ish bo‘ldi.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
                        Bechora xotinning insonlik qadr-u qiymatini yerga uradigan nihoyat-da xunuk yo‘l bu.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Qo‘rqinchli.
                
                                        Uning [Anvarning] ko‘zlari qorong‘ida charaqlar, vajohati xunuk edi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
            
            
                4. ko‘chma hma Quloqqa yoqmaydigan, yoqimsiz eshitiladigan.
                Xunuk tovush.
                    ▬
                                        Tuni bilan bo‘lgan g‘azabli bo‘kirishlar, xunuk alahlashlar, yirtqichday uvlab yig‘lashlar tindi.
                        A. Muxtor, Opa-singillar
                        
                        Jimjit qabriston tepasidagi chinorda boyqush xunuk sayradi.
                        S. Ahmad, Ufq