1.  Vaqtni xursand, shod, o‘yin-kulgi bilan o‘tkazish; vaqtichog‘lik.
                
                                        Bu — boshlariga tushgan fojiadan keyingi birinchi xursandchilik edi.
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
                        shu kunlarning birida Xayri acha uyida kichkina xursandchilik bo‘ldi.
                        D. Nuriy, Osmon ustuni
                        
            
            
                2.  Xursandlik, shodlik.
                
                                        — Men senga aytsam, do‘stim, — dedi Elmurod, — xursandchiligim ichimga sig‘maydi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi