1.  Avval bo‘lgan ish-harakat, narsa-hodisaning takror yuz berishini, boshlanishi va davom etishini bildiradi; takror holda; qaytadan, tag‘in.
                Yomg‘ir yana yog‘a boshladi.
                    ▬
                                        Lektor., xatga qarab, jahl bilan yana bir marta O‘rtoqlar dedi-yu, leksiyani boshlab yubordi.
                        A. Qahhor, Quyushqon
                        
                        Usta Farfi uni yana bir qat ko‘zdan kechirib olgach, cho‘kkalashini buzib, chordana qurib oldi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Avaz do‘konda yana birpas kitob mutolaa qilib o‘tirdi.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
                        Sentyabr tong otariga yaqin qoldi, yana sinflarda o‘quvchilarning shodon ovozi jaranglaydi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2.  Bundan tashqari, buning ustiga.
                Yana bir savat non bor.
                    ▬
                                        Choyni iching, yana olib chiqaman.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Masalaning yana bir nozik tomoni bor. Bo‘g‘oz sovliqni uzoq yotqizib bo‘lmaydi: bola tashlaydi.
                        Gazetadan
                        
                        O‘rtoq Baqoyev yana bir piyola choy so‘radi.
                        A. Qahhor, Adabiyot muallimi
                        
                        [Mirzakarimboy] Bir nafas o‘ylab, yana uch so‘mlik qog‘oz va bir so‘lkavoy qo‘shib, Yo‘lchiga tashladi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                3.  (odatda bir, biror so‘zi bilan birga) Ilgarigilardan boshqa; boshqa bir; yangi, boshqa.
                Yana bir masala chiqib qoldi. Ya na biror gap yo‘qmi?
                    ▬
                                        Xon maktubning yana bir joyida she’r bitgan edi: Men Samarqandni sensiz netayin
                        P. Qodirov, Yulduzli tunlar
                        
                        — Qarigan chog‘ida xo‘rozqand yalamay domla ham o‘lsin! — dedi yana biri.
                        A. Qahhor, To‘yda aza
                        
            
            
                4. ayn. yn. Yanada.
                
                                        Shuning uchun qo‘rboshining boyagi shubhasi yana kuchaydi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Ashula nihoyasiga yetdi. Lekin bir zumdan keyin yana ayni tovush parvoz qildi. Ammo o‘zga maqomda, yana chuqurroq mavjlanishlar, jilvalar bilan, ko‘ngilni yana qattiqroq sehrlovchi ingichka titramalar va ranglar bilan
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                5. yukl. kl. Ta’kid bildiradi; tag‘in.
                
                                        Yana sho‘xlik qilib yurmagin!
                        E. Raimov, Ajab qishloq
                        
                        Siz ham, eski muallimga o‘xshab, ketib qolmang yana!
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
                        Sen supada o‘tir, o‘tkinchilar yana bir narsani ilib ketmasin!
                        Oybek, Tanlangan asarlar