1.  Yechish; yechilish.
                
                                        Bog‘lashda kurmak solsang, oson bo‘lar yechimi. Bir nogahon gunohning oson bo‘lar kechimi.
                        Qo‘shiqlar
                        
            
            
                2.  Masala, muammo va shu kabilarning javobi.
                Masalaning yechimi.
                    ▬
                                        Mening odatim, hamma ishni, chigalni oldindan obdan o‘ylab, yechimini ko‘zimning oldiga keltirib olaman.
                        R. Rahmon, Sizning yoshingizga kiraylik
                        
            
            
                3. ad. ad. Asarda voqealar rivojidagi, qahramonlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikning hal bo‘lishi, tamomlanishi.
                Romanning yechimi.
                    ▬
                                        Zotan, har bir asarning tuguni bilan birga yechimi ham bor-ku.
                        J. Abdullaxonov, To‘fon