1.  Qo‘lning tanaga yaqin qismi.
                
                                        Ahmadjon uni darhol tortib olib qarasa, o‘ng qo‘li yelkasidan uzilgan.
                        A. Qahhor, Oltin yulduz
                        
                        Aravakash yelkasini gupchakka tirab itarsa ham, ot to‘rt oyog‘i yerga mixlanganday, qimir etmasdi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Har yelkasida menday bolalardan ikkitasi o‘tirsa bo‘lar.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
            
            
                2.  Tananing ikki yelka, kurak qismi, kift.
                
                                        Salimboyvachcha o‘z yoniga bir xotinni o‘tqazdi U yelkasi keng, ko‘krakdor, lo‘ppi yuzli edi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Kiyimning yelka ustida turadigan qismi.
                Ko‘ylakning yelkasi to‘g‘ri kelmadi.
                                    
                    
            
            
                4. ko‘chma hma Zimma, gardan.
                
                                        Terimni mashinalar yelkasiga yuklaganmiz.
                        A. Ahmadjonov, Ish boshi
                        
            
            
                5. tex. ex. Richagning tayanch nuqtasidan kuch qo‘yilgan nuqtasigacha bo‘lgan qismi.
                Yelkasini to‘g‘rilab olmoq.